2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 67,8 % ulushni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 97,5 % ni tashkil etdi;
fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 26,5 % ulushni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 115,8 % ni tashkil etdi;
ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 5,7 % ulushni va 2023- yilning mos davriga nisbatan 104,1 % ni tashkil etdi.