04/12/2024

        Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Buxgalteriya hisobi va moliyaviy ishlar boʻlimida boshqarmaga kelib tushgan davlat xaridlari tizimidagi toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma shartlari muhokamasi jarayoni.

       Sayxunobod tumani statistika boʻlimida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri boʻlib oʻtmoqda. Tadbir davomida MCHJ rahbarlari va boshqa tashrif buyuruvchilarga statistika faoliyati toʻgʻrisida tegishli tushuntirishlar berilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarning yuzaga kelgan muammolarini hal etishda boʻlimning masʼul xodimlari qatnashmoqda. Joylarda rasmiy statistika va korrupsiyaga oid bukletlar tarqatilmoqda.   

        Guliston shahar statistika boʻlimida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Tadbir davomida ularga davlat statistika hisobotlarini topshirish yuzasidan tegishli tushuntirishlar va maslahatlar berilmoqda. Tashrif buyuruvchilariga rasmiy statistika va korrupsiyaga oid bukletlar tarqatilmoqda.