Joriy yilning 15- noyabr kuni Viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” hamda “Konstitutsiyaviy huquq oyligi” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi: parlamentarizmni kuchaytirish sari dadil qadam bu – yangi Konstitutsiya” mavzusida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi, uning tuzilishi, Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi hamda mutlaq vakolatlari, ular tomonidan qonunlarni qabul qilish tartibi va boshqalar haqida soʻz yuritildi. Oʻquv mashgʻuloti savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.