14/11/2024

Viloyatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlariga erishishda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida mazkur dastur doirasida kiritilgan 49 ta loyiha bo‘yicha 1726,8 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 37,0 mln AQSH dollari miqdorida eksport qilindi.
Shu bilan birga 1232 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.