Joriy yilning 11- noyabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi tomonidan, tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari uchun, 1-hudud shakli “Tuman va shaharlarning ma’muriy-hududiy oʻzgarishlari toʻgʻrisida” gi yillik hisobot shaklini qanday toʻldirilishi hamda oʻz vaqtida va sifatli taqdim etilishi yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi. Vebinar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.