11/11/2024

Joriy yilning 8- noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” hamda “Konstitutsiyaviy huquq oyligi” doirasida “Yangilangan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy oʻzgarishlari” mavzusida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K. Gaynazarova yangi konstitutsiyaning taʼlim, oila, mehnat munosabatlari, inson huquq va erkinliklari kafolatlari, yoshlar huquqi, iqtisodiy huquq va erkinliklar, davlat boshqaruvidagi oʻzgarishlar borasida asosiy yangiliklari haqida soʻz yuritdi. Oʻquv mashgʻuloti yakunida maʼruzachi xodimlarning barcha savollariga javob berdi.