2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 189 tani tashkil etib, 2024- yilning yanvar - sentabr oylarida bu sohada 18 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etildi.
Ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:
Guliston shahri – 78 ta
Sirdaryo tumani – 33 ta
Yangiyer shahri – 21 ta
Sayxunobod tumani – 10 ta