04/11/2024

YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 100,2 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi –32,5 %), sanoatda – 107,0 % (28,1 %), qurilishda – 104,2 % (7,0 %), xizmatlar sohasida – 106,5 % ni (32,4 %) tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 110,1 % (10,2 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 118,8 % (3,4 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 102,7 % (18,8 %) dan iborat bo‘ldi.