04/11/2024

Joriy yilning 1- noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” hamda “Konstitutsiyaviy huquq oyligi” doirasida, “Yangilangan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy oʻzgarishlari” mavzusida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, Konstitutsiyani yangilashga zarurat va maqsadi, konstitutsiyaviy islohotlar bosqichlari, yangi konstitutsiyaning ijtimoiy himoya va atrof-muhitni asrash borasidagi asosiy yangiliklari haqida soʻz yuritildi. Oʻquv mashgʻuloti savol-javoblarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.