2024- yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 59,6 ming t. go‘sht, 299,9 ming t. sut, 156,1 mln. dona tuxum, 567 tonna jun va 5 621,4 tonna baliq ovlandi.
Hisobot davrida tirik vaznda yetishtirilgan goʻsht hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan – 108,9 % ni, sogʻib olingan sut – 105,7 % ni, olingan tuxum – 110,7 % ni, qirqib olingan jun – 109,2 % ni, hamda ovlangan baliqlar – 111,1 % ni tashkil qildi.