Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 1 683,2 ming dona avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqarilgan.
Mazkur ishlab chiqarish 2023- yilning tegishli davriga nisbatan 3,3 % ga oshgan.
Avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqararish dinamikasi oʻtgan yillarning mos davriga koʻra quyidagicha:
2021- yil – 926 ming dona;
2022- yil – 1 457, 3 ming dona;
2023- yil – 1 629,2 ming dona;
2024- yil – 1 683,2 ming dona.