30/10/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida jami 5 732,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 825,8 ming nafarga yoki 16,8 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

Tojikiston – 1 667,6 ming nafar;

Qirgʻiz Respublikasi – 1 647,5 ming nafar;

Qozogʻiston – 1 129,3 ming nafar;

Rossiya – 609,7 ming nafar;

Turkmaniston – 120,4 ming nafar;

Turkiya – 84,3 ming nafar;

Xitoy – 50,4 ming nafar;

Hindiston – 48,6 ming nafar;

Janubiy Koreya – 32,6 ming nafar;

Italiya – 30,3 ming nafar;

boshqa davlatlar – 311,9 ming nafar.