29/10/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning 9 oyi davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali joʻnatilgan yoʻlovchilar soni 4 989,3 ming yoʻlovchini tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 31,3 % (2023- yil yanvar-sentabr oylarida 3 798,5 ming kishi) yaʼni, 1 190,8 ming yoʻlovchiga oshgan.