Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda –YAHM) hajmi joriy narxlarda 19 267,8 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 4,2 % ga o‘sdi.
YAHM deflyator indeksi 2023- yilning yanvar-sentabr oylari narxlariga nisbatan 112,6 % ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Sirdaryo viloyatining qo‘shgan hissasi 1,9 % ga yetdi.