Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda 2024- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 901 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shundan 4 244 tasi qo‘shma va 10 657 tasi xorijiy korxonalardir.
Ularning sohalar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:
savdo sohasida – 5 295 ta;
sanoat sohasida – 3 234 ta;
qurilish sohasida – 1 079 ta;
axborot va aloqa sohasida – 1 036 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 596 ta;
tashish va saqlash sohasida – 501 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 412 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 193 ta;
boshqa sohalarda – 2 555 ta.