27/10/2024

      Bugun, 27- oktabr mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻlib oʻtmoqda.

      Ushbu saylov jarayonlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasi va tuman-shahar statistika boʻlimlari xodimlari ham oʻz fuqarolik burchlarini ado etgan holda faol ishtirok etishmoqda.

      Bu kabi siyosiy tadbirlarda faol qatnashish, oʻz kelajagi uchun munosib nomzod va partiyaga ovoz berish har bir fuqaro, har bir yurtdoshimizning burchidir.