25/10/2024

2024- yilning 1- oktabr holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 12 109 tani tashkil etib, 82,4 foizini (9 976 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Guliston shahri – 2 801 ta

Sirdaryo tumani – 1 507 ta

Boyovut tumani – 1 087 ta

Mirzaobod tumani – 1 049 ta

Sardoba tumani – 1 024 ta

Guliston tumani – 961 ta

Sayxunobod tumani – 915 ta

Yangiyer shahri – 869 ta

Oqoltin tumani – 846 ta

Xovos tumani – 775 ta

Shirin shahri – 275 ta