25/10/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash, axborot va aloqa sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 44,6 trln so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 10,9 % ga o‘sgan.

Tashish va saqlash, axborot va aloqa sohasining YAIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi 0,8 % ni tashkil etgan.

Tashish va saqlash, axborot va aloqa sohasining YAIMdagi ulushi 8,2 % ga yetgan.

Tashish va saqlash, axborot va aloqa sohasining yalpi hududiy mahsulot tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri (16,5 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (7,9 %) kuzatilgan.