25/10/2024

      Joriy yilning 25- oktabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida boshqarma va tuman (shahar) statistika boʻlimi xodimlari ishtirokida “Yangi saylov tizimining oʻziga xos xususiyatlari” mavzusida veb-seminar oʻtkazildi. Unda, boshqarma boshligʻi U. Elmuratov tadbirni ochib, keyingi yillarda Oʻzbekiston demokratik islohotlar mamlakati boʻlib dunyoda tan olinishi, saylov tizimi muntazam takomillashtirilib borishi ham islohotlarimizning bir natijasi deb takidladi. Tadbirda soʻz olgan boshqarma Bosh yuriskonsulti K. Gaynazarova bu galgi saylovlarning muhim yangiliklari, jumladan qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, 27- oktabr kuni boʻlib oʻtadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlar aralash saylov tizimi asosida oʻtkazilishi, ushbu saylov tizimining afzalligi  toʻgʻrisida gapirib oʻtdi. Tadbir davomida tizim xodimlariga bugungi saylov tizimi toʻgʻrisida videoroliklar namoyish etildi.