24/10/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, O‘zbekistonda 2024- yil 1- oktabr holatiga jami 399 031 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).

Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

savdo sohasida – 151 265 ta;

sanoat sohasida – 63 120 ta;

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 35 069 ta;

qurilish sohasida – 30 329 ta;

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 28 492 ta;

tashish va saqlash sohasida – 16 576 ta;

axborot va aloqa sohasida – 9 998 ta;

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 9 674 ta;

boshqa sohalarda – 54 508 ta.