Joriy yilning 23-оktabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari uchun tashqi va ichki savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar, ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga ichki savdo kuzatuvlarini to‘g‘ri tashkil etish boʻyicha tushintirishlar berildi. Ushbu kuzatuvlar hududlar kesimida tahlili va xato kamchiliklari ko‘rsatib oʻtildi.Vebinar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.