Joriy yilning 21- oktabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi tomonidan, tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari uchun, demografiya va mehnat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi. Vebinarda davomida xodimlarga demografiya, mehnat va gender statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi batafsil tushuntirib berildi. Shuningdek, xodimlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.