Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, YUNESKO statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga dunyo boʻyicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni 6 859,4 ming nafarga yetgan.
Xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan talabalar soni dunyo boʻyicha bir yil ichida qariyb 419 ming nafarga ortdi.
Xorijda tahsil olayotgan talabalar soni boʻyicha TOP 10 ta davlat:
Xitoy – 1 052,3 ming nafar;
Xindiston – 621,6 ming nafar;
Oʻzbekiston – 150,5 ming nafar;
Vyetnam – 134,1 ming nafar;
Germaniya – 126,2 ming nafar;
AQSH – 115 ming nafar;
Fransiya – 113,5 ming nafar;
Suriya Arab Respublikasi – 105 ming nafar;
Nepal – 95,1 ming nafar;
Pokiston – 90,6 ming nafar.