21/10/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 281,5 ming tonna ohaktosh qazib olingan.

Mazkur ishlab chiqarish hajmi 2023- yilning tegishli davriga nisbatan  2,1 barobarga oshgan.

2024- yilning avgust oyida yirik korxonalar tomonidan 37,9 ming tonna ohaktosh qazib olingan.