18/10/2024

      Joriy yilning 18- oktabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 16- fevraldagi “2023- yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-57-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024- yil 8- yanvardagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energiya taʼminotini tashkil etish sohasini tartibga solish va rivojlantirish toʻgʻrisida”gi 13- sonli qarori mazmuni va mohiyati mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, mazkur hujjatlarning mazmuni, shuningdek, energiyadan oqilona foydalanish hamda bu borada energiya tejamkor qurilmalarni oʻrnatishning afzalliklari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi. Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlarga energiya tejamkor qurilmalarning afzalliklari toʻgʻrisida Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.