Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-avgust oylarida 157,7 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Turkiyaga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 28,7 ming nafarga yoki 22,3 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Turkiyaga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
dam olish – 122 637 nafar;
qarindoshlarni yoʻqlash – 29 934 nafar;
davolanish – 2 403 nafar;
oʻqish – 1 640 nafar;
xizmat yuzasidan – 1 094 nafar.