Respublikada transport xizmatlari boʻyicha 8 oyda 80 trln soʻmdan ziyod xizmatlar koʻrsatilgan
16/10/2024
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-avgust oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 80 684 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 7,7 % ga o‘sgan.