15/10/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 1- sentabr holatiga koʻra, 643 851 ta kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 6,4 foizga oʻsgan.

Ularning soʻnggi besh yilning mos davrlaridagi dinamikasi quyidagicha:

2020- yilda – 409 490 ta;

2021- yilda – 490 052 ta;

2022- yilda – 536 089 ta;

2023- yilda – 605 230 ta;

2024- yilda – 643 851 ta.