14/10/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-avgust oylarida 25,2 ming nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,9 ming nafarga yoki 64,6 % ga oshgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Italiya fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:

dam olish – 23 169 nafar;

qarindoshlarni yoʻqlash – 1 055 nafar;

xizmat yuzasidan – 917 nafar;

oʻqish – 70 nafar;

tijorat – 15 nafar.