Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 11- oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari va ularni e’lon qilish” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.
Mazkur vebinarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024- yil 4- martdagi PQ-114-son qarorida aholi va qishloq xo‘jaligini roʻyxatga olish masalalari boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar, аholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari va ularni e’lon qilish tartibi toʻgʻrisida batafsil tushuntirib berildi.
Vebinar yakunida Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi xodimlariga oʻtilgan mavzu yuzasidan test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.