11/10/2024

Joriy yilning 11- oktabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning normativ-huquqiy asoslari” hamda ““Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va mohiyati” mavzularida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, korrupsiyaga qarshi kurashishning normativ asosi boʻlmish “Korrrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bu boradagi qator hujjatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-931-son Qonuni va uni amalga oshirish yuzasidan Prezident tomonidan imzolangan PQ-210-son qarori haqida tushuntirishlar berildi. Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining tegishli boblari mazmunida batafsil toʻxtalib oʻtildi. Oʻquv mashgʻuloti soʻnggida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan korrupsiya boʻyicha ishlab chiqilgan koʻrgazmali materiallar (slaydlar) monitorga uzatildi.