Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-avgust oylarida 14,2 ming nafar Fransiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,2 ming nafarga yoki 29 % ga oshgan.
2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Fransiya fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
dam olish – 12 547 nafar;
qarindoshlarni yoʻqlash – 783 nafar;
xizmat yuzasidan – 756 nafar;
tijorat – 52 nafar;
oʻqish – 33 nafar.