Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan yangi ochilgan ish o‘rinlari soni 363 802 tani tashkil etgan.
Hududlar bo‘yicha yangi ochilgan ish o‘rinlari sonining eng ko‘pi:
Toshkent shahrida – 117 225 ta;
Toshkent viloyatida – 35 852 ta;
Farg‘ona viloyatida – 31 468 ta;
Samarqand viloyatida – 26 416 ta;
Andijon viloyatida – 22 517 ta;
Namangan viloyatida – 19 716 ta;
Surxondaryo viloyatida – 17 425 ta qayd etilgan.