2024- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra parrandalar savdosi 0,7 mlrd so‘mni tashkil qildi.