04/10/2024

     Joriy yilning 4- oktabr kuni viloyat statistika boshqarmasida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-967 va “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni koʻrishda prokurorning vakolatlarini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-968-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarining mazmuni va mohiyati boʻyicha oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarmaning Bosh yuriskonsulti K. Gaynazarova tomonidan mazkur qonunlarning ishlab chiqishi zaruriyati, tegishli qonunlarga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning ahamiyati toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Yigʻilish soʻngida maʼruzachi xodimlarning barcha savollariga javob berdi.