Joriy yilning 27- sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʻlumotlarining milliy bazasi- “Lex.uz”dan olingan, Statistika agentligi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi yuzasidan videoaloqa orqali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma va tuman (shahar) statistika boʻlimi xodimlari avgust-sentabr oylarida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirildi, ayrimlarning mazmuniga qisqacha toʻxtalib oʻtildi. Jumladan, 2024- yil 30- avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvoni taʼsis etish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-952, 5-sentabrdagi ““Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-955 va ““Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga bojxona brokeri faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-956-son Qonunlari va boshqa qonun hujjatlari haqida gapirildi. Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlarning barcha qiziqtirgan savollariga javob berildi.