27/09/2024

2024- yilning 1- sentabr holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 12 176 tani tashkil etib, 81,9 foizini (9 970 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Guliston shahri – 2 801 ta

Sirdaryo tumani – 1 500 ta

Boyovut tumani – 1 089 ta

Mirzaobod tumani – 1 042 ta

Sardoba tumani – 1 038 ta

Guliston tumani – 985 ta

Sayxunobod tumani – 911 ta

Yangiyer shahri – 877 ta

Oqoltin tumani – 842 ta

Xovos tumani – 802 ta

Shirin shahri – 289 ta