27/09/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda 2024- yil 1- sentabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng koʻpi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,4 % ga o‘sgan.

Ularning so‘nggi besh yilning mos davrlaridagi dinamikasi quyidagicha:

2020- yilda – 267 511 ta;

2021- yilda – 327 951 ta;

2022- yilda – 368 945 ta;

2023- yilda – 429 124 ta;

2024- yilda – 469 647 ta.