25/09/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonda qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha bino va inshootlar qurilishi ulushi 68,7 % ni, fuqarolik obyektlari 21,1 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari  10,2 % ni tashkil etgan. 

Qoraqalpagʻistonda esa qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha bino va inshootlar qurilishi ulushi 72,1 % ni, fuqarolik obyektlari 22,4 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari  5,5 % ni tashkil etgan.