25/09/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-iyul oylarida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 13,5 trln soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,3 % ini tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 20,9 % ga oʻsgan.

Ushbu xizmatlar boʻyicha eng yuqori ulush Toshkent shahrida (45,7 %) qayd etilgan.

Taʼlim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy taʼlim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, 2024- yilning yanvar-iyul oylarida ularning ulushi 59,5 % ni tashkil etgan.