2024- yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 74,8 % to‘g‘ri kelib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 2,0 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2023- yilning mos davriga nisbatan 105,9 % ni tashkil etgan holda 1 674,2 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.