13/09/2024

     Joriy yilning sentabr oyida “Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi 114- son Qarori ijrosi yuzasidan barcha tuman va shaharlarda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar mas’ullari bilan profilaktika seminarlari oʻtkazilmoqda.

    Ushbu seminarlarda respondentlar mazkur qonunning mazmun-mohiyati bilan bir qatorda oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishmoqda.