13/09/2024

    Joriy yilning 12- sentabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi statistik registrlarni yuritish bo‘limi tomonidan tuman va shahar statistika xodimlariga korxona va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlar bazasini yuritish hamda yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishni avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Reg-system”da ishlash tartibi to‘g‘risidagi vebinar tashkil etildi.

    Vebinar davomida korxona va tashkilotlar yagona davlat registrini yuritish bo‘yicha idoraviy hujjatlar tanishtirilib tushuntirib berildi.

    Yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishni avtomatlashtirilgan axborot tizimi Reg-systemda ishlash tartibi hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlardan keladigan bildirishnomalarni tahlil qilib qabul qilinishi misollar yordamida ko‘rsatildi.Vebinar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.