Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-iyul oylarida, Oʻzbekistonda jami bino va inshootlarni qurish boʻyicha qurilish ishlari 68,7 % ulushni tashkil etgan.
Ushbu davrda bino va inshootlarni qurish faoliyat turi boʻyicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulushi Jizzax (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 78,5 % i), Navoiy (74,1 %) va Qashqadaryo (73,9 %) viloyatlarida kuzatilgan.