13/09/2024

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Sirdaryo viloyatida import tarkibida sanoat mahsulotlari tovarlari hajmi 17,1 mln AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 13,1 % ga ko‘paydi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 8,3 % ga yetdi.

Sanoat mahsulotlari importi asosan probka va daraxtdan tayyorlangan buyumlar (mebeldan tashqari) (8,4 mln AQSh dollari), metallardan tayyorlangan buyumlar (2,2 mln AQSh dollari), ruda boʻlmagan qazilmalardan tayyorlangan mahsulotlar (2,3 mln AQSH dollari) va boshqalardan tashkil topgan.