30/08/2024

Joriy yilning 30- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari S.Yaxyayev raisligida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - “Lex.uz”dan olingan hamda Statistika agentligi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi yuzasidan videoaloqa orqali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma va tuman (shahar) statistika boʻlimi xodimlariga avgust oyida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida soʻzlab berildi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining 2024- yil 7- avgustdagi “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-939 va “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-940-son Qonunlari va boshqa qonun hujjatlari mazmuniga qisqacha toʻxtab oʻtildi. Oʻquv mashgʻuloti yakunida xodimlar oʻzlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi.