Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning 1- avgust holatiga 14 266 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.
Ularning eng yuqori soni quyidagi davlatlarga toʻgʻri kelmoqda:
Rossiya – 2 972 ta;
Xitoy – 2 838 ta;
Turkiya – 1 822 ta;
Qozogʻiston – 1 065 ta;
Janubiy Koreya – 660 ta;
AQSH – 302 ta.