Joriy yilning 28- avgust kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B. Maxkamov, Oqoltin tumanida kuzatuvga mas’ul xodim B. Pardayev bilan birgalikda, shaxsiy avtotransport egalari tashish faoliyatining tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilish jarayonlarini joyiga chiqqan holda oʻrgandi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxsiy avtotransport egalarining ko‘rsatilayotgan xizmatlar ma’lumotlari planshet qurilmasiga kiritildi.