Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha sport, koʻngilochar va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 765,8 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Ushbu sohada koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmining 58 % i Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Hududlar kesimida sport, koʻngilochar va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi:
Toshkent shahri – 444,6 mlrd soʻm;
Toshkent viloyati – 151,9 mlrd soʻm;
Fargʻona viloyati – 27,7 mlrd soʻm;
Samarqand viloyati – 24,8 mlrd soʻm;
Namangan viloyati – 21,9 mlrd soʻm;
Buxoro viloyati – 21,2 mlrd soʻm;
Andijon viloyati – 14,3 mlrd soʻm;
Qashqadaryo viloyati – 13,5 mlrd soʻm;
Jizzax viloyati – 11,4 mlrd soʻm;
Xorazm viloyati – 9,8 mlrd soʻm;
Navoiy viloyati – 7,8 mlrd soʻm;
Sirdaryo viloyati – 5,8 mlrd soʻm;
Qoraqalpogʻiston Resp. – 5,7 mlrd soʻm;
Surxondaryo viloyati – 5,4 mlrd soʻm.