Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizning doimiy aholisi 37 134,2 ming kishini tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 % ga oshgan.
Mamlakat aholisi yil boshidan buyon 334,5 ming kishiga koʻpaygan.
Mos ravishda, aholi soni bir oyda oʻrtacha 55,7 ming kishiga va bir kunda oʻrtacha 1,8 ming kishiga koʻpaymoqda.